Ovoz bilan suhbat
Nutq real vaqtda taniladi, javob gap-gap qilib darhol o‘qiladi. Istalgan mavzuda o‘zbek tilida so‘rang. Yozishni afzal ko‘rsangiz — robotni ikki marta bosing, chat ochiladi.
O‘zbek tilini tushunadigan shaxsiy AI yordamchi. Ekraningizda yashaydi, savollarga javob beradi, eslatadi, taymer qo‘yadi va Telegram’dagi ishlaringizni ovoz bilan bajaradi.
Ilovalar orasida yugurish shart emas — aytasiz, Nodd qiladi.
Nutq real vaqtda taniladi, javob gap-gap qilib darhol o‘qiladi. Istalgan mavzuda o‘zbek tilida so‘rang. Yozishni afzal ko‘rsangiz — robotni ikki marta bosing, chat ochiladi.
«Choy uchun 5 daqiqa». Qolgan vaqt robot tepasida turadi.
«Telegramda nima gap?» — o‘qilmagan xabarlar bo‘yicha qisqa ovozli xulosa. Xabar yuborish, tahrirlash, rejali yuborish.
Yuborish va o‘chirish faqat siz «ha» deganingizdan keyin
«Ertaga soat 9 da darsga borishni eslat». Ilova yopiq bo‘lsa ham, o‘tib ketganini keyin aytadi.
«Anvarga salom deb yoz» — ism aniq bo‘lsa, Telegram xabari darhol ketadi. Noaniq bo‘lsa, Nodd so‘raydi.
«Esla: kofeni shakarsiz ichaman» — keyingi suhbatlarda hisobga oladi. «Unut» desangiz — o‘chiradi.
Sakraydi, o‘tiradi, uxlaydi. Kayfiyati yuzida: xursand, hayron, o‘ychan, tinglayotgan. Sichqoncha bilan istalgan joyga sudrang, o‘lchamini tanlang.
«Nodd, »
Tugma bosish shart emas. Ismini ayting — Nodd tinglay boshlaydi. Ismni o‘zingiz tanlaysiz, «to‘xta» yoki «bas» desangiz — jim bo‘ladi.
Hisob qaydnomasi, karta yoki murakkab sozlash yo‘q.
Mac: .dmg faylni oching va Nodd’ni Applications papkasiga sudrang. Windows: setup.exe ni ishga tushiring.
macOS uchun · Windows uchunGoogle bilan bir bosishda kiring — shaxsiy kirish kodingiz darhol tayyor bo‘ladi.
Kabinetni ochish →Kodni Nodd sozlamalariga qo‘ying. Tamom — endi shunchaki ayting: «Nodd, salom!»
Nodd sizning gaplaringizni eshitadi, xabarlaringizni o‘qiydi. Shuning uchun biz uni boshidan minimal ma’lumot tamoyili asosida qurdik.
Maxfiylik siyosatini o‘qish →Ovozingiz, savollaringiz va javoblar serverda yozib qolinmaydi va logga tushmaydi.
Kirish kodi va Telegram sessiyasi tizimning xavfsiz omborida (macOS Keychain, Windows Credential Manager) — faqat sizning kompyuteringizda.
Xabar yuborish, tahrirlash va o‘chirish sizning tasdig‘ingizsiz hech qachon bajarilmaydi.
Ma’lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi. Hech qachon.
Javob topolmadingizmi? Taklif va savollaringizni Telegram’da @shokirjonov_011 ga yoki [email protected] ga yozing.
Ha, beta davrida bepul. Har bir hisobga kunlik so‘rovlar limiti beriladi — u kabinetingizda doim ko‘rinib turadi.
macOS 12 (Monterey) va undan yangi, shuningdek Windows 10 va 11 da.
Beta versiya do‘konlardan tashqarida tarqatilmoqda. Mac: Tizim sozlamalari → Maxfiylik va xavfsizlik bo‘limida «Open Anyway» tugmasini bosing. Windows: «More info» → «Run anyway». Bu faqat bir marta kerak bo‘ladi.
Mikrofon — sizni eshitish uchun. Telegram — faqat o‘zingiz ulasangiz. Boshqa ruxsat kerak emas.
Nodd akkauntingizga faqat siz ruxsat berganingizda ulanadi. Sessiya kompyuteringizning xavfsiz omborida saqlanadi, har qanday yuborish va o‘chirish sizning «ha» javobingizni kutadi. Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar orqali istalgan vaqtda uzib qo‘yishingiz mumkin.
Ha. Nutqni tanish va javoblarni hisoblash bulutda bajariladi, shuning uchun barqaror internet kerak.
Ha. Lotin va kirill alifbosidagi so‘zlarni ham birdek tushunadi.
Yuklab oling, kiring va birinchi gapingizni ayting.